O'zsanoatqurilishbank o'z xodimlari va mijozlarining ta'limini rivojlantirish va malakasini oshirishga faol yordam beradi. Har yili bank har tomonlama va sifatli ta'limga yo'naltirilgan kreditlar berish uchun 10 dan 15 million dollargacha mablag' ajratadi.
O'zsanoatqurilishbank o'zining ta'lim strategiyasi doirasida Book challenge, "SQB Zakovat" va Kaizen teams intellektual o'yinlar kabi ko'plab tadbirlarni o'tkazadi, bu esa xodimlarni o’z ustida ishglab, ta'lim olishni rag'batlantirishga yordam beradi.
Bankning barcha ofislari o'z kutubxonalari bilan jihozlangan bo'lib, xodimlar uchun ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Shuningdek, bank o'z faoliyatini O'zsanoatqurilishbank bilan bog'lashni rejalashtirgan talabalarga stipendiyalar taqdim etadi.
O'zsanoatqurilishbank o'z trening markazi va tadbirkorlar maktabi orqali kasbiy rivojlanishga sarmoya kiritadi, bu yerda har yili 2000 dan ortiq xodimlar, shu jumladan ko'plab ayollar o'qitiladi. Ushbu dasturlar ishtirokchilar o'rtasida malaka oshirish va yetakchilikni rivojlantirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, bank xodimlari va mijozlar o'rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo'yicha ijtimoiy tadbirlarni o'tkazib keladi, bu ularning moliyaviy farovonligi va barqarorligini mustahkamlashga yordam beradi.