TEZKOR KREDIT 2

Har qanday maqsadlar uchun

TEZKOR KREDIT 2
Mahsulot haqida
Step icon

500 000 USD ekvivalentigacha

Kredit miqdori

Step icon

36 oygacha

Kredit muddati

Step icon

3 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS, USD, EUR

Kredit valyutasi

Step icon

yillik 31 %

Kredit stavkasi milliy valyutada

Step icon

yillik 17 %

Kredit stavkasi xorijiy valyutada

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Shartlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Kerakli hujjatlar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

•  maqsadsiz

Valyuta:

milliy valyuta (so'm)

xorijiy valyuta (AQSh dollar, Yevro)


Kredit muddati:

36 oygacha

Foiz stavkasi:

Ish o‘rni yaratilishi sharti bilan:

  • Milliy valyutada – yillik 31% (agar 2 oy ichida yangi ish o‘rinlari yaratilsa, 26% gacha tushiriladi)
  • Xorijiy valyutada (USD, EUR) – yillik 17% (agar 2 oy ichida yangi ish o‘rinlari yaratilsa, 14% gacha tushiriladi)
  • Ish o‘rni yaratilishi shartisiz:

  • Milliy valyutada – yillik 36%
  • Xorijiy valyutada (USD, EUR) – yillik 20%
  • Imtiyozli davr:

    3 oygacha

    Kredit miqdori:

    - Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — 1 milliard so‘mgacha
    - Mikrofirma uchun (so‘nggi 12 oy ichida hisob raqam aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lganlar) — 200 000 AQSh dollari ekvivalentigacha
    - Kichik korxonalar uchun (hisob raqam aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshganlar) — 500 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

    Eslatma: Avval ajratilgan yoki rejalashtirilgan boshqa maqsadsiz kreditlar summasi yuqoridagi limitlardan oshmasligi kerak.

    Mahsulot bo‘yicha ta’minot:

    kredit summasining 135% dan kam bo‘lmagan miqdorda likvidli mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari ta’minoti (Aloqador shaxslar uchun 140%)

    Mulk garovining ruxsat etilgan turlari:

    Ko‘chmas mulk (bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlari, parrandachilik va issiqxona komplekslari hamda bekatlar garovga qabul qilinmaydi)

    Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (hisoblashda ishlab chiqarilgan yil birinchi yil hisoblanadi)

    Pul mablag‘lari (ajratilayotgan kredit valyutasida)


    Qo‘shimcha shartlar:

    1. Endi ikki xil "Fast Track" tartibi mavjud:
    "Fast Track 1" – agar garov sifatida ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadon taqdim etilsa.
  • Kredit garov qiymatining 50% dan oshmagan miqdorda ajratiladi.
  • Baholovchi tashkilot kerak emas, bank baholovni o‘zi amalga oshiradi.
  • Hujjatlar minimal bo‘ladi.
  • Real Time tizimi orqali garov avtomatik baholanadi.

  • "Fast Track 2" – agar garov sifatida yengil avtomobil, yakka tartibdagi uy yoki ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadon taqdim etilsa.
  • Bank xodimlari garovni joyida tekshiradi.
  • Real Time tizimi orqali baho beriladi, lekin qo‘shimcha o‘rganish talab etiladi.

  • 2. Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalar, aka-ukalar, opasingillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) ishtirokidagi (ta’sischiligidagi) yoki rahbarligidagi korxonalarga hamda yuqoridagi shaxslar ishtirokidagi (rahbarligidagi) korxonalar kafilligi ostida, garovga qo‘yuvchi shaxs sifatida ishtirok etganda mazkur mahsulotdan foydalanish taqiqlanadi

    Hujjatlar
    Tezkor kredit - kredit shartnomasi

    Tezkor kredit - kredit shartnomasi

    Yuklab olish
    DOWNLOAD
    Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar

    1.     Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;

    2.     O‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 

    3.     2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

    4.     KATM ma’lumotnomasiga asosan mijozning barcha tijorat banklari oldida hamda o‘zaro aloqador korxonalarining “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;

    5.     Kreditlar bo‘yicha oxirgi 60 oy ichida:

    - 90+dan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;

    - sud jarayonidagi (судебных) kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;

    - balansdan tashqari (списанных, задерживает списанный ПКНТ) hisob raqamga olingan kredit qarzdorliklariga umuman yo’l qo’yilmagan bo’lishi;

    6.     “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari mavjud bo‘lmasligi lozim. Maqsadli ishlatilganlik yuzasidan tekshiruv Kreditlarni boshqarish bo‘limining maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnomasiga (aniq ko’rsatilgan bo’lishi shart) asosan amalga oshiriladi. Bunda, kreditlar bo‘yicha maqsadli ishlatilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma muddati еtib kelmagan, qarz oluvchi еtkazib beruvchini xizmat/mahsulot еtkazib bermaganligi uchun uni sudga bergan hamda kredit mablag‘larini maqsadli ishlatilishini tekshirish lozim bo‘lmagan mahsulotlar orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha ushbu shart qo‘llanilmaydi;

    7.     Qarz oluvchining Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi lozim;

    8.     Oxirgi 3 yilda kredit xizmatlari bo‘yicha (javobgar uchun kafillik taqdim etilgan holatlar ham hisobga olinadi) iqtisodiy sudda da’vo arizalari mavjud bo‘lgan va da’vo arizasi qisman yoki to‘liq qanoatlantirilgan taqdirda so‘rovnoma ko‘rib chiqiladi hamda kollegial organ mazkur so‘rovnomani rad etish huquqiga ega (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, javobgar uchun tegishli mulk garovi taqdim etilgan holatlar bundan mustasno);

    9.     “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida bugungi kunda mavjud kreditlari yuzasidan asosiy va/yoki foiz qarzdorlik bo‘yicha yakuniy to‘lov muddatini uzaytirish holatlari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi.


    Kerakli hujjatlar

    1.           ariza

    2.           qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);

    3.           garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti);

    4.           Kartoteka-2 holati to’g’risida ma’lumot (asosiy hisob raqami boshqa banklarda bo’lgan hollarda).

    5.           garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati (ko’chirma va kadastr pasporti). shuningdek, yer uchastkasiga bo’lgan huquq ijara bo’lgan holatlarda ijara shartnomasi;

    6.           garov obyekti avtotransport vositalari bo‘lgan taqdirda transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

    7.           mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) ta’sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

    8.           mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

    9.           mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

    10.        faoliyat joyi bilan bog‘liq kadastr yoki e-ijara orqali tasdiqlangan ijara shartnomasi (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan ijara shartnomasi taqdim etilishi lozim, shuningdek, e-ijaradan ro‘yxatga olinmaydigan holatlar va autsorsing xizmati korxonalari bundan mustasno);

    11.        loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo’shimcha xujjatlar talab qilinishi mumkin.


    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

    Batafsil
    Depozitlar
    Depozitlar

    Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

    Batafsil
    Transchegaraviy oʻtkazmalar
    Transchegaraviy oʻtkazmalar

    Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

    Batafsil
    Korporativ kartalar
    Korporativ kartalar

    Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

    Batafsil
    Ish haqi loyihasi
    Ish haqi loyihasi

    Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

    Batafsil
    Savdo ekvayringi
    Savdo ekvayringi

    Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

    Batafsil
    Biznes kreditlari
    Biznes kreditlari

    Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

    Batafsil

    Oxirgi yangilanish sanasi: 16.04.2025 15:44  
    DEMO
    close
    Давайте поговорим!
    DEMO
    AI (SQB Assistant) -
    в тестовом режиме
    close
    Здравствуйте!
    Чем могу помочь?
    headphone
    arrow-left
    Недавние чаты
    close
    История
    FAQ
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    Сегодня
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    • Автокредит
    logo