60 000 USD ekvivalentigacha
Kreditning maksimal miqdori
60 oygacha
Kredit muddati
6 oygacha
Imtiyozli davr
UZS, USD, EUR
Kredit valyutasi
Mikro, kichik va oʻrta biznes uchun
Kimga to'g'ri keladi
20,5 % dan (kredit shartlari bo’yicha)
Foiz stavkasi
Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling
Kerakli hujjatlarni taqdim qiling
Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling
Kreditning maqsadi:
Energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish, eko-transport ishlab chiqarish va sotib olish, mavjud binolarni energiya tejamkorga o‘zgartirish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, suvdan oqilona foydalanish hamda energoaudit o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirish, quyosh panellari sotib olish hamda boshqa “yashil” loyihalarni moliyalashtirish;
Valyuta:
Miqdori:
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun:
Soddalashtirilgan shartlar:
- Kredit muddati: 12 oygacha.
- Kredit miqdori: 60 000 AQSh dollarigacha, cheklov o‘rnatilmagan.
Umumiy shartlar:
- Kredit muddati: 12 oygacha.
- Kredit yuklamasi (KY): 150%dan oshmasligi kerak.
- Kredit miqdori: 60 000 AQSh dollaridan yuqori – anderrayter limiti miqdorigacha.
Investitsion xarakterga ega bo‘lgan loyihalar:
Soddalashtirilgan shartlar:
Kredit muddati: 60 oygacha.
Kredit miqdori: 60 000 AQSh dollarigacha, cheklov o‘rnatilmagan.
Umumiy shartlar:
Kredit muddati: 60 oygacha.
Kredit yuklamasi (KY): 100%dan oshmasligi kerak.
Kredit miqdori: 60 000 AQSh dollaridan yuqori – anderrayter limiti miqdorigacha.
Foiz stavkasi:
Milliy va xorijiy valyutada:
Kreditlar “O‘zsanoatqurilishbank” tizimidagi standart foiz stavkalaridan kam bo‘lmagan shartlarda taqdim etiladi.
Normativ huquqiy hujjatlar asosida:
Agar maqsadli resurslar uchun foiz stavkasi va bank marjasi belgilangan bo‘lsa, mazkur foiz stavkasi qo‘llaniladi.
“Yashil energiya” loyihalari uchun maxsus shartlar:
Dastlabki 3 yil uchun: Markaziy bankning asosiy stavkasi +7%.
4-5-yillar uchun: “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida amaldagi kredit foiz stavkalaridan kam bo‘lmagan shartlarda.
Kredit ta’minoti:
Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari ta’minoti (Aloqador shaxslar uchun 130%);
Kredit bo‘yicha dastlabki mulkiy garov kredit summasining 70%idan kam bo‘lmagan miqdorida, mulkiy garovning qolgan qismi, ya’ni kredit summasining 55%dan kam bo‘lmagan garov obyekti kredit hisobiga sotib olinayotgan asosiy vositalar mijoz nomiga rasmiylashtirilganidan keyin garovga olinishi mumkin. Bunda garovga taqdim etilgunga qadar sug’urta polisi yoki kafillik taqdim etiladi. Mazkur shart bajarilmagan hollarda kredit mulkiy ta’minot miqdori kredit summasining 125%idan kam bo’lmasligi lozim;
Mulkiy taʼminot:
Bankda o‘rnatilgan talablar asosida ko‘chmas mulklar (Bozor hududida joylashgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlar garovga qabul qilinmaydi);
Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan (bunda, hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yili birinchi yil hisoblanadi);
Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan (bunda, hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yili birinchi yil hisoblanadi);
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan (bunda, hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yili birinchi yil hisoblanadi);
Pul mablag‘lari (Kredit valyutasi bilan bir xil valyutada bo‘lishi lozim);
Kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar, asbob uskunlar va maxsus texnikalar.
Qo'shimcha talablar:
Import shartnoma bo‘yicha to‘lov asosiy vositalar yetkazib berilgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki akkreditiv (100%) to‘lov turi orqali amalga oshirilishi (agarda import shartnomada to‘lov asosiy vositalar yetkazib berishdan oldin amalga oshirilishi belgilangan bo‘lsa, moliyaviy barqaror xorijiy bankning kafolati ostida moliyalashtirish) lozim, bundan,
Kredit siyosatida keltirilgan istisnolar mustasno. Kredit mablag‘lari mahalliy korxonalarga quyosh panellari sotib olish uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilgan hollarda, quyidagi qoidalar amal qiladi:
1. Quyosh panelining narxi 1kVt uchun 1 700,0 AQSh dollari ekv.dan oshmasligi lozim;
2. Oldi-sotdi shartnomasida sotib olinadigan uskunaning batafsil tavsifi (quyosh panelining ishlab chiqarish quvvati, quyosh panelining yangiligi, quyosh paneli tarkibi) bo’lishi lozim;
3. Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha kamida quyosh paneli va invertor sotib olinishi lozim (agar bu shart bajarilmasa, mijoz sotib olinmayotgan quyosh paneli yoki invertorga ega ekanligini isbotlashi lozim);
4. Oldi-sotdi shartnomasida uskuna uchun kafolat muddati ko’rsatilgan bo’lishi lozim;
Qo'shimcha talablar:
Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) ishtirokidagi (ta’sischiligidagi) yoki rahbarligidagi korxonalarga hamda yuqoridagi shaxslar ishtirokidagi (rahbarlagidagi) korxonalar kafilligi ostida, garovga qo‘yuvchi shaxs sifatida kredit ajratish ta’qiqlanadi.
Loyiha quyidagi ko'rsatkichlardan kamida biriga erishishi kerak:
- Energiya samaradorligi: Energiya iste'molini kamida 20% ga "yashil" obligatsiyalar orqali va 15% ga boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan kamaytirish.
- CO₂ chiqindilarini kamaytirish: Atmosferaga chiqariladigan CO₂ chiqindilarini 20% ga kamaytirish.
- Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish: Tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish.
- Atrof-muhitga yetkaziladigan zararlarni kamaytirish: Atrof-muhitga yetkaziladigan zararlarni kamaytirish.
- Boshqa "yashil" moliyalashtirish maqsadlari: "Yashil" moliyalashtirish bilan bog'liq boshqa maqsadlarga erishish.
- O'zbekiston talablari: O'zbekistonda belgilangan "yashil" loyihalar taksonomiyasi talablariga mos bo'lishi.
Izoh: Ushbu talablarga javob beradigan kredit yoki loyiha "Green Banking" departamenti tomonidan ma'qullanadi.
1. Ariza;
2. Qarz oluvchi korxona ta'sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish hamda kredit ta'minotini taqdim etish (qarz oluvchiga tegishli bo‘lgan hollarda) yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
3. Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar DSI ma'lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno hamda moliyaviy tahlil qilmagan holda kredit ajratilishida talab etilmaydi);
4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan hollarda tezkor tayyorlangan buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi);
5. Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanishi to‘g‘risida ma'lumot;
6. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (Shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri, qoramol sotib olinayotganda uning narsi, jinsi va og‘irligi, maxsus texnika sotib olinayotganda uning texnik xususiyatlari ko‘rsatilishi lozim);
7. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
8. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.