O'zsanoatqurilishbank UX/UI dizayner lavozimiga nomzodlarni taklif etadi
06.02.2025 18:10
Sizning vazifalaringiz:
- Bank mobil ilovalarining interfeyslarini yaratish va ishlab chiqish (iOS/Android);
- Foydalanuvchilar uchun intuitiv va funksional dizaynlarni loyihalash, ularning ehtiyojlariga moslashtirish;
- Mobil ilovalar uchun prototiplar, maketlar va vizual komponentlar yaratish va ularni doimiy ravishda yangilab turish;
- Dasturchilar jamoasi bilan yaqin hamkorlikda dizaynlarni final mahsulotga integratsiya qilish;
- Interfeyslarga doir testlash va optimallashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish;
- Foydalanuvchi tajribasini doimiy ravishda yaxshilash, tahlillar va foydalanuvchi fikr-mulohazalariga asoslanib yangi funksiyalarni joriy etish;
- Mobil dizayn sohasidagi zamonaviy trendlar va eng yaxshi amaliyotlarga rioya qilish.
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
- UX/UI dizayner sifatida kamida 2 yil ish tajribasi;
- Mobil interfeyslar bilan bog’liq ish portfeli (bank yoki moliya sohasida);
- Apple va Android mobil dizayn va qo'llanmalar tamoyillarini bilish;
- Figma yoki boshqa dizayn vositalari bilan ishlash tajribasi;
- Dizayn tamoyillari, tipografiya, ranglar nazariyasi va interfeyslarni yaratish haqida tushuncha;
- User flows va interaktiv prototiplarni loyihalash tajribasi;
- Foydalanuvchi tajribasi tadqiqotlarini o'tkazish qobiliyati (UX research).

254
Другие новости