Yangiliklar

Qurilish materiallari sanoatida bazalt asosli innovatsion mahsulotlar ko‘lami ortmoqda


01.07.2024 10:15

 Qurilish materiallari sanoatida bazalt asosli innovatsion mahsulotlar ko‘lami ortmoqda

O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy ko‘magida Urganch shahrida barpo etilgan bazalt xom ashyosidan issiqlik izolyatsiya plitalari ishlab chiqaruvchi “Khorezm Insulation Group” qo‘shma korxonasiga press-tur uyushtirildi.

Qurilish materiallari sanoatida bazalt asosli mahsulotlarning qiymati baland. Shu bois mamlakatimizda xom ashyo zaxira konlarini o‘zlashtirish va bazalt xom ashyosidan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish ishlari jadal olib borilmoqda.

“Khorezm Insulation Group” qo‘shma korxonasining umumiy qiymati 41 million yevroga teng loyihasini tadbiq etishda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qoratau tog‘ida aniqlangan yangi zaxiralar sabab bo‘ldi.

Zavodni barpo etish ishlari 2021-yilda boshlandi. Germaniya, Turkiya, Rossiya va Xitoy davlatlaridan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi. Mahalliy aholining 200 nafari ishga jalb qilindi. Xodimlar uchun chet ellik mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminarlar tashkil etildi.

Shu yilning fevral oyida davlatimiz rahbari Xorazm viloyatiga tashrifida ushbu korxona faoliyati bilan tanishib, mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash va mahalliylashtirish darajasini oshirish borasida ko‘rsatmalar berdi.

Bugungi kunda korxonaning yillik quvvati 30 ming tonna, mahsulotlar mahalliy va xorijiy bozorga “Thermo Plus” savdo belgisi ostida yetkazib berilmoqda.

Press-turda jurnalist va blogerlarga bazalt izolyatsiya plitalarining afzallik tomoni haqida tushuncha berildi.

Bunday mahsulotlar yuqori darajada issiqlik saqlashi hamda o‘z tarkibi va xususiyatini uzoq yillar davomida yo‘qotmasligi bilan elektr energiyasini tejashda muhim rol o‘ynashi ta’kidlandi.

Xususan, bazalt izolyatsion plitalardan binolar tom qismi uchun foydalanganda yozning jazirama kunlari issiqlik o‘tkazishni 45 foizgacha qisqartiradi, qishda esa, ichki xonalardagi issiq haroratni 50 foizgacha saqlab qoladi. Shuningdek, ular zahlanish va shovqin-surondan himoya vositasi sanaladi.

Korxona tomonidan fasad setkalar va dyubel mixlari ham ishlab chiqarilmoqda. Respublika bo‘ylab 50ga yaqin savdo nuqtalari tashkil qilinmoqda. Bunda aholiga mahsulotlarni keng qamrovda va to‘liq to‘plamda yetkazib berish maqsad qilingan.

Bundan tashqari, korxona tomonidan yiliga 15 ming tonna geotekstil mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha ham jadal ishlar olib borilmoqda. Natijada 80 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, qo‘shimcha 10 million dollarlik eksport salohiyati yaratilishi mo‘ljallangan.

 

Bank Axborot xizmati





Другие новости

14.06.2025 13:22:10
“Investorlar kuni”: SQB va global sarmoyadorlar muloqoti

Joriy yilning 11-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) bosh ofisida “Investorlar kuni” bo‘lib o‘tdi. IV Toshken ...

13.06.2025 21:05:26
SQB’ning ijtimoiy tashabbusi: “Loyliq”da sportga yo‘l ochildi

Mamlakatimizda “mahallabay” ishlash tizimi nafaqat iqtisodiy barqaror ...

13.06.2025 21:01:28
SQB’ning Sirdaryo bank xizmatlari ofisida “Milliy liboslar kuni”

Bugun O‘zsanoatqurilishbankning Sirdaryo bank xizmatlari ofisida “Milliy liboslar kuni” keng nishonlan ...


Дата последнего обновления: 01.07.2024 10:21  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo