Yangiliklar

Qurilish materiallari sanoati: ishlab chiqarish va ilm-fan uygʻunligini taʼminlashda navbatdagi qadam


15.06.2024 15:22

Qurilish materiallari sanoati: ishlab chiqarish va ilm-fan uygʻunligini taʼminlashda navbatdagi qadam

Qurilish materiallari sanoatida ilm-fan yutuqlarini keng joriy qilinishi tarmoqda qoʻshimcha qiymatga ega, import oʻrnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining ortishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining sohani ilm asosida rivojlantirish boʻyicha topshiriqlari bu borada muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 15-iyun kuni mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan navbatdagi loyiha –“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshida Oʻzsanoatqurilishbank bilan hamkorlikda “R&D tadqiqotlar markazi” ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzsanoatqurilishbank masʼullari, olimlar, tadqiqotchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, tadqiqotlar markazini tashkil etishdan asosiy maqsad – ishlab chiqarish korxonalari hamda soha olimlarini bir – biriga yanada yaqinlashtirish, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining asoslangan tadqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq etish alohida eʼtibor qaratish, shuningdek,“Innovatsion aktiv korxona”lar yaratishdan iborat.

Ushbu jarayonda “R&D tadqiqotlar markazi” tayyor, ilmiy asoslangan loyihalarni shakllantirish hamda ularni tijoratlashtirish natijasida sohaning “tadqiqot ehtiyoji” hamda olimlarning “tadqiqot yoʻnalishlari”ni oʻzaro uzviylashtirib boradi.

“R&D tadqiqotlar markazi”ga jalb etilgan mutaxassislar tijoratlashtirishga tayyor ilmiy asoslangan loyihalarini tadbirkorlik subyektlari uchun jozibador koʻrinishga keltiradi.

Shuningdek, The higher education, Quacquarelli symonds, Springer singari ilmiy reyting beruvchi yirik agentliklar tavsiyalari asosida olim va izlanuvchilarning tadqiqotlari natijalarini butun dunyoga eʼlon qilishga amaliy yordam beradi.
Markaz doimiy tarzda sohaning asosiy tadqiqot yoʻnalishlarini aniqlash yuzasidan tahlillar oʻtkazadi va takliflar ishlab chiqadi.

– Markaz oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasida “koʻprik“ boʻlib xizmat qiladi, – deydi “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining maslahtchisi Bahodir Ismoilov. – Shuningdek, bu yerda yangi mahsulot turlarini oʻzlashtirish, texnologiyalar transferi va ularni mahalliy sharoitda qoʻllashning samaradorligi oʻrganish, energiya tejamkorlik, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, qattiq maishiy chiqindilar utilizatsiyasi hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish boʻyicha soha manfaatlariga mos keluvchi asoslangan takliflar ishlab chiqish bilan shugʻullaniladi.

Bundan tashqari, markaz mutaxassislari tomonidan marketing tadqiqotlari, tajriba-konstruktorlik va novatorlik ishlanmalarini soha korxonalarga taqdim etadilar. 

Tadbir doirasida, shuningdek, olim va tadqiqotchilarning sohani yanada rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib, ularni amalga tatbiq etish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Uyushma huzurida tashkil etilgan laboratoriya imkoniyatlari va qurilish materiallari “shou-rumi” bilan tanishildi.




Другие новости

18.04.2025 17:59:09
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun SQB bosh ofisida mahorat darsi o’tkazildi

Tadbir nafaqat nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, balki o‘z sohasining professionallari bilan bevosita muloqot qilish i ...

18.04.2025 14:27:50
SQB korporativ qiyofasida milliylik aksi

Milliy libos – qadriyat, iftixor va ruhiy yaqinlik ramzi. Shu bois O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tizimida milliy li ...

18.04.2025 12:40:53
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...


Дата последнего обновления: 15.06.2024 15:23  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo