Все Кредиты
Joriy yilning 27 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda O‘zsanoatqurilishbank kartasiga ega nogironligi bor pensionerlarning plastik kartasini yangilashda Face ID tizimi nima uchun zarurligi, bu imkoniyati cheklangan shaxslarga murakkablik tug‘dirayotgani haqida murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Jismoniy shaxslarni yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi nafaqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat, balki ular xavfsizligini ta’minlovchi ilg‘or yechimlardan biridir.
Bugungi kunda xizmat ko‘rsatuvchi sohalar qatori tijorat banklari, shu jumladan, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Face ID tizimidan samarali foydalanib kelinmoqda.
Shuningdek, O‘zsanoatqurilishbankning mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha yengilliklar ko‘zda tutilgan.
Xususan, yuqoridagi murojaatda keltirilgan holatda bank kartasini qayta chiqarish uchun mijozning ishonchli vakili (notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida) yoki bank xodimlarining mijoz yashayotgan yoki davolanayotgan manzilga borgan holda unga arizani shaxsan imzolatishi va dalolatnoma rasmiylashtirishi mumkin.
Bank tizimida har jumani “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlash an’anaga aylandi. Ushbu tashabbus milli ...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 11-13-mart kunlari Fransiya Respublikasiga ...
Joriy yilning 4-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank tizimida davlat tiliga e’tiborsizlik qilinga ...