Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank va YETTB: Hamkorlik samaralari va istiqbollari


17.05.2023

Oʻzsanoatqurilishbank va YETTB: Hamkorlik samaralari va istiqbollari

Samarqandda oʻtkazilayotgan Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Boshqaruvchilar kengashining yillik anjumani doirasida Oʻzsanoatqurilishbank hamda YETTB oʻrtasida hajmi 25 mln. dollarga teng kelishuv imzolandi.

Joriy yilning 16-may kuni Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruv kengashining 32-yillik yigʻilishi oʻz ishini boshlandi.

“Muvofiqlikka sarmoya kiritish” (Investing in Resilience) mavzuida tashkil qilingan tadbirda 2 000 dan ortiq yuqori martabali davlat amaldorlari, bank-moliya muassasalari rahbarlari hamda jahon ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Anjuman maqsadi YETTB yillik faoliyatini sarhisob qilib, istiqboldagi rejalarni belgilashga qaratilgan. Shuningdek, tadbir doirasida Oʻzbekistonning investitsiyaviy istiqbollariga xizmat qiluvchi turli uchrashuv va biznes-forumlar oʻtkazilmoqda, hamkorlik hujjatlari bitilmoqda.

Xususan, Oʻzsanoatqurilishbank hamda YETTB oʻrtasida 25 mln. dollarlik kredit kelishuv imzolandi. Shartnomaga koʻra, oʻzlashtiriladigan kredit liniyalar Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes sohasidagi loyihalarga yoʻnaltirilishi, shu bilan birga, mablagʻlarning bir qismi “yashil” loyihalarni moliyalashtirishga jalb qilinishi koʻzda tutilgan.

Mazkur kelishuv banklar oʻrtasidagi faol hamkorlikning mantiqiy davomi boʻldi. Soʻnggi yillarda ular oʻrtasida umumiy qiymati 300 mln. dollardan ziyod 8 ta kelishuv imzolangan boʻlib, ular orqali savdoni moliyalashtirish, kichik va oʻrta biznes sohasi hamda “yashil” tashabbuslar yoʻnalishida 400 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, bugungi kunda tomonlar “Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish” va “Tavakkalchilikni taqsimlash” mexanizmlari boʻyicha ham samarali ish olib bormoqda.

Bu, oʻz navbatida, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan kichik korxonalar uchun koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamini kengaytirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, shuningdek, ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi korxonalarni moliyalashtirishda keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

Bundan tashqari, YETTB Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan birgalikda Bank tizimida transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish hamda uni xususiylashtirishga tayyorlashda ham har tomonlama yordam bermoqda.

 

Bank Axborot xizmati






Другие новости

29.03.2024 15:02:48
Tadbirkorlar maktabining hududiy filiallarida o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateria ...

29.03.2024 09:22:27
Yaxshidan bog' qoladi

16-18 mart kunlari mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hash ...

28.03.2024 18:10:14
Obod yurtning obod banklari

Umumxalq hashari Oʻzsanoatqurilishbankda ham katta uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. ...


Дата последнего обновления: 08.06.2023 16:22  
up