Yangiliklar

O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zbekistonda eng yaxshi bank deb e’tirof etildi


10.07.2024 11:16

O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zbekistonda eng yaxshi bank deb e’tirof etildi

Singapur shahrida bo‘lib o‘tgan “Asian Banking & Finance” xalqaro jurnalining 2024 yilda Osiyo mamlakatlari bank-moliya sektoridagi tashkilotlarini mukofotlash marosimida O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zbekistondagi eng yaxshi bank deb e’tirof etildi.

Bank tizimida chakana biznes sohasida amalga oshirilgan katta transformatsiya jarayonlari natijasida 2023 yilda chakana biznes kredit portfeli 161,5 foizga o‘sgan bo‘lsa, faol mijozlar soni 1,01 milliondan oshdi.

Bundan tashqari, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib “Supply chain” mahsuloti faol tatbiq etilib, ushbu mahsulot orqali mijozlarga oldindan ma’qullangan limit doirasida ortiqcha xat-hujjatlarsiz, qisqa muddatda va ta’minotsiz ajratilishi belgilangan.

Mazkur amalga oshirilgan ishlar “Asian Banking & Finance” jurnali tomonidan yuksak e’tirof etilishi natijasida O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes hamda chakana biznes yo‘nalishida O‘zbekistonda eng yaxshi bank sifatida taqdirlandi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

16.01.2025 12:06:18
O'zsanoatqurilishbank tomonidan kapital bozori bo'yicha navbatdagi tahlil taqdim etildi

“SQB” Investitsion banking departamenti mahalliy va xalqaro bozorlarni o'z ichiga olgan, keng ko'lamli Kapital bozori bo ...

15.01.2025 10:26:26
Tadbirkorlik va bandlik: islohotlar yangi bosqichda davom ettirilmoqda

Joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Qashqadaryo v ...


Дата последнего обновления: 10.07.2024 12:44  
up