Yangiliklar

Joriy yil boshidan buyon 5,1 trln. soʻmlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi


26.05.2023

Joriy yilning 26-may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida 2023-yilning birinchi choragida qurilish materiallari sohasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Unda joriy yilda mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarishda belgilangan reja koʻrsatkichlar, bu borada mavjud xom ashyo va texnologik salohiyat, eksport-import va investitsiya masalalari haqida toʻliq maʼlumot berildi.

Taʼkidlanishicha, birinchi chorakda qurilish materiallari sohasida jami 5,1 trln. soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, oʻsish 104,7 foizni tashkil etgan. Jumladan, 2,5 mln. tonna sement, 7,6 mln. kv. metr qurilish oynasi, 13,0 mln. kv. metr gipsokarton, 6,4 mln. kv. metr keramik plitka, 400 ming oʻram gulqogʻoz kabi qurilish materiallari ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 2 trln. 158,7 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, oʻtgan yilga nisbatan oʻsish 100,3 foizni tashkil etgan.

Prezidentimizning 2022-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2023-yilga moʻljallangan manzilli rejaga muvofiq, joriy yilda umumiy qiymati 951,1 mln. dollarlik 27 ta loyihani tatbiq etish, buning uchun esa jami 193,9 mln. dollar qiymatida boʻlgan investitsiyani oʻzlashtirish belgilangan. Shundan birinchi chorakda ushbu mablagʻlarning 17,7 mln. dollari oʻzlashtirildi.

Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlari doirasida esa 936 ta loyiha boʻyicha 3 trln. 400 mlrd. soʻmlik mablagʻlar oʻzlashtirilgan. 192,5 mlrd. soʻmlik mahsulotlar mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan.

Matbuot anjumanida yanvar-mart oylari davomida 97,9 mln. dollarlik mahsulot eksport qilingani qayd etildi. Bunda eksporti geografiyasi Ozarbayjon, Turkiya, Kanada, Ruminiya kabi davlatlar hisobiga yanada kengaytirildi.

Bank Axborot xizmati





Другие новости

17.04.2024 15:17:48
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” ...

13.04.2024 16:54:15
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...


Дата последнего обновления: 11.07.2023 12:43  
up