Yangiliklar

Ispaniya keramika sanoati yutuqlari Oʻzbekistonga transfer qilinadi


19.05.2023

Ispaniya keramika sanoati yutuqlari Oʻzbekistonga transfer qilinadi

Ispaniyaning keramika sanoatidagi tashkilot va idoralari, oliy taʼlim muassasalari hamda biznes vakillaridan iborat delegatsiyasi mamlakatimizga javob tashrifini amalga oshirdi.

Joriy yilning 13-17-fevral kunlari Oʻzsanoatqurilishbank, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va hududiy boshqaruv organlari vakillari hamda salohiyatli tadbirkorlardan iborat delegatsiya Ispaniya Qirolligida boʻlib, sohaga aloqador 15ga yaqin tashkilot, uyushma, taʼlim muassasalari hamda yirik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik kelishuvlarini imzolagan edi.

Ispaniyalik mutaxassislarning yurtimizga tashrifida ushbu kelishuvlarda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amaliy-texnik tomondan faollashtirish maqsadi ilgari surildi.

Xususan, tomonlar uchrashuvida Ispaniya keramika sanoati yutuqlarini Oʻzbekistonga transfer qilishga koʻmaklashish, mavjud xom ashyo resurslarini chuqur boyitish, keramika va forfor-fayans mahsulotlarini ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni tadbiq etish, shuningdek, keramika sohasida kadrlar tayyorlashda ilmiy va amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Amaliy uchrashuvlar Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Sirdaryo viloyatidagi “Syrdarya Ceramic” va “Peng Sheng”, Samarqand viloyatidagi “Prime Ceramics”, Toshkent viloyatidagi “National Ceramics”, “Lux Granit” va “Angren Kaolin”, Toshkent shahridagi “Orient Ceramic” kabi ishlab chiqarish korxonalarida boʻlib oʻtdi. U yerda mehmonlar mahalliy ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, mahsulot sifatini oshirish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.

Tashrif davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Ispaniyaning ITC texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Fevral oyida Ispaniyada bitilgan hujjatlarga muvofiq, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishildi.

Bank Axborot xizmati






Другие новости

29.03.2024 15:02:48
Tadbirkorlar maktabining hududiy filiallarida o‘quv mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateria ...

29.03.2024 09:22:27
Yaxshidan bog' qoladi

16-18 mart kunlari mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hash ...

28.03.2024 18:10:14
Obod yurtning obod banklari

Umumxalq hashari Oʻzsanoatqurilishbankda ham katta uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. ...


Дата последнего обновления: 19.05.2023 18:02  
up