E'lonlar

Bayram kunlaridagi ish tartibi


20.04.2023

Hurmatli mijozlar!


Yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlari munosabati bilan bankka tashrifingizni rejalashtirish maqsadida SQB ish jadvali bilan tanishib chiqishingizni soʻraymiz:


Bank ofislari:
21-24 aprel - dam olish kunlari.


Ayirboshlash shoxobchalari:
22, 23 va 24 aprel kunlari soat 9.00 dan 17.00 gacha siz uchun respublika bo'ylab 91 ta almashinuv punkti ochiladi (to'liq ro'yxat va manzillar bilan quyida tanishishingiz mumkin).


Bankomat xizmatlari 24/7 rejimida faoliyat yuritadi.


Shuningdek, eslatib oʻtamiz, barcha zarur bank operatsiyalarini onlayn tarzda amalga oshirish uchun JOYDA (http://mobile.sqb.uz/download) mobil ilovasidan foydalanishingiz mumkin: pul oʻtkazmalarini joʻnatish va qabul qilish, valyutalarni konversiya qilish, kreditlarni soʻndirish, xizmatlarga toʻlov qilish, omonat ochish va boshqalar.


Call-markaz odatiy rejimda ishlashni davom ettiradi.


SQB sizni bayram bilan muborakbod etadi!



Дата последнего обновления: 20.04.2023 17:07  
up