Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasida autizm spektrida buzilishi bo‘lgan bolalarga ko‘maklashish maqsadida “Winter Run 2025” – yugurish bo‘yicha xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Korporativ ijtimoiy mas’uliyat (KIM) O‘zsanoatqurilishbank faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan biridir. Ko‘p yillardan buyon muassasa tomonidan KIM tamoyillari asosida ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda ijtimoiy tashabbus va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Pro Run” jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan yugurish bo‘yicha xayriya musobaqasida bankning homiy sifatidagi ishtiroki uning barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqligini yana bir tasdiqladi.

“Winter Run 2025” turli mintaqalardagi sportchilar qatorida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor insonlarni ham umumiy maqsad sari birlashtirdi.

Musobaqa doirasida to‘plangan mablag‘lar autizm sindromiga chalingan bolalar hamda ular tarbiyalanayotgan oilalar va maxsus tashkilotlarga tarqatildi.

– “Winter Run 2025” yilning muhim sport voqeasi bo‘lishi bilan birga, har birimizni yon-atrofimizdagi insonlarning quvonchu tashvishiga daxldorlik hissi bilan yashashga, inklyuziv jamiyat barpo etish tamoyiliga uyg‘un intilishga undadi, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB “Green banking” departamenti direktori Bobur Sultonmurodov.

Bank Axborot xizmati




Дата последнего обновления: 31.01.2025 17:47  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo