Yangiliklar

“Inson qadri uchun”: O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Farg‘onada press-tur o‘tkazildi


16.01.2025 15:00

img

Joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Farg‘ona viloyatidagi “Korea international university in Ferghana” (KIUF) – O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti hamda shahar va shahar atrofiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi “Vodiy imkon trans UBD” korxonasiga press-tur uyushtirildi.

Prezidentimiz boshchiligida ishlab chiqilgan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan ustuvor yo‘nalishlar xalqimiz farovonligini yanada oshirishning amaliy poydevoridir.

“Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan mazkur hujjat ijrosi O‘zsanoatqurilishbank faoliyatida ham aks etib, muassasa tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar mohiyatan aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

KIUF – O‘zbekiston – Koreya xalqaro universitetiga tashrif buyurgan ommaviy axborot vositalari vakillari u yerda nafaqat milliy kadrlarni yetishtirish, balki o‘qituvchi va talabalar uchun muayyan yo‘nalishlarda tadqiqot olib borish, izlanishlar natijalarini daromad keltiruvchi tarmoqlarga aylantirish imkoniyati va bir necha o‘nlab ish o‘rinlari yaratilganiga guvoh bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, xalqaro universitet avtomobilsozlik, mashinasozlik, arxitektura, internet va axborot kommunikatsiya, menejment va buxgalteriya hisobi, shuningdek, maktabgacha ta’lim, koreys va ingliz tili filologiyasi kabi o‘ndan ziyoz ijtimoiy-iqtisodiy hamda gumanitar yo‘nalishlarda oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlab kelmoqda.

Talabalar 3+1 dasturiga ko‘ra, 3 yil KIUF'da va bir yil Janubiy Koreyaning “Sunmoon”, “Halla”, “Seokyeong”, “Kwangwon”, “Seojeong” kabi nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda. Shu maqsadda ushbu oliygohlar bilan ikki tomonlama kelishuv tuzilgan, bu talaba-yoshlarning ikki darajadagi (xalqaro va xorijiy) diplomga ega bo‘lishini ta’minlamoqda.

Ta’lim Koreya o‘quv dasturi asosida olib boriladi. Ushbu davlatdan 40dan ziyod professor-o‘qituvchilar jalb qilingan.

Har bir auditoriya va amaliyot xonalari elektron doska, ilg‘or o‘quv qurollari va jihozlari, har bir talaba shaxsiy planshet bilan ta’minlangan. Bu esa, oliygohda zamonaviy multimedia muhiti yaratilganidan dalolat beradi.

– Universitetimiz tomonidan O‘zbekistondagi Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, uning doirasida talabalar amaliyotini tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirishga erishib kelinmoqda, – deydi KIUF – O‘zbekiston – Koreya xalqaro universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Kim Xing Tek. – Bundan tashqari, 370 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona, zamonaviy kutubxona, oshxona, tipografiya, tibbiy xonalar ham yoshlar xizmatida.

Oliygohning yana bir afzallik tomoni shundaki, ta’lim jarayonida barcha talabalarga koreys tili chuqurlashtirilgan holda o‘rgatiladi. Hatto, o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda ham koreys tili va “TOPIK” dasturi doirasida qo‘shimcha darslar yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, to‘lov-kontrakt shartnomasida imkoniyati cheklangan va viloyat hokimligi tavsiyanomasiga ega fuqarolar, a’lo bahoga tahsil olayotgan talabalar, olimpiada g‘oliblari, shuningdek ishchi-xodimlarning farzandi, bir oilaning ikki yoki undan ortiq vakillari bo‘lsa, ularga turli chegirma va imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

Press-turda navbatdagi manzil bankning moliyaviy ko‘magida o‘z faoliyatini kengaytirgan yana bir korxona – “Vodiy imkon trans UBD” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘ldi.

U yerda jurnalist va blogerlar bir kunda 10 mingdan ortiq yo‘lovchilarni Farg‘ona shahri va shahar atrofiga yetkazib, uzog‘ini yaqin qilayotgan mutasaddilar bilan suhbatda bo‘ldi.

– Korxonamiz qariyb yigirma yildan beri xalq xizmatida, – deydi “Vodiy imkon trans UBD” MCHJ rahbari Ulug‘bek Qo‘chqorov. – Aholiga xavfsiz, qulay va sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida avtoparklarimizni muntazam yangilab kelamiz. O‘tgan yil ham O‘zsanoatqurilishbankning moliyaviy madadi bilan Xitoydan 22 ta avtobus xarid qilib, 55 ta yangi ish o‘rni hamda yo‘lovchi va tashuvchilarga birdek zamonaviy sharoit yaratishga muvaffaq bo‘ldik.

Aytish joiz, press-tur ishtirokchilari “Vodiy imkon trans UBD” korxonasi faoliyatini kuzatish chog‘ida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida avtobuslar harakati bir maromda, belgilangan jadvallar va intervallarda amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lishdi.

Bank Axborot xizmati





02/07/2025 02:34:11 pm
O‘zsanoatqurilishbank fond bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Joriy yilning 5-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank “Toshkent” Respublika fond birjasiga a’zo bo‘ldi. Bu bankka b ...

01/30/2025 11:36:52 am
O‘zsanoatqurilishbank qoshida venchur kompaniya tashkil etildi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan startap loyihalarni moliyalashtirish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatla ...

01/28/2025 06:30:04 pm
O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati bayonoti

Joriy yilning 27 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda O‘zsanoatqurilishbank kartasiga ega nogironligi bor pensionerlar ...


Last updated date: 16.01.2025 16:15  
close
Давайте поговорим!
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo