All Credits
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-421-sonli Qarorining 6-bandida Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalar mehnat jamoasining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida, “SQB Consulting” MChJ o‘zining sport klubi tashkil etilishi haqidagi qarorini eʼlon qiladi. Ushbu sport klubi, xodimlarning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jismoniy faollikni rag‘batlantirish va birgalikda jamoaviy sport turlarida qatnashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etiladi. Sport klubi tashkil etilishi, nafaqat ishchi jamoaning sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlashga, balki kompaniya ichidagi jamoaviy ruhni mustahkamlashga, o‘zaro hamkorlikni oshirishga ham xizmat qiladi.
Ushbu jarayonning samarali va tizimli ravishda amalga oshirilishi uchun ishchi guruhlar va mutaxassislar tomonidan jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan turli sport turlari va tadbirlar tashkillashtiriladi.